QOPLON

QOPLON, qor qoploni, irbis — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi; urugʻning yagona turi. Baʼzan yirik mushuksimonlar urugʻiga kiritiladi. Gavdasining uz. 103—130 sm, ogʻirligi 70 kg gacha. Tanasi choʻziq, oyoqlari qisqa. Moʻynasi qalin, sargʻish tusda, qora halqa dogʻlari bor. Asosan, Markaziy va Oʻrta Osiyodagi baland togʻlarda, odatda, 2000 m dan balandroqda doimiy qorli togʻ tizmalarida uchraydi. Qishda pastroqqa — ninabargli oʻrmonlar mintaqasigacha tushadi. Oʻrta Osiyoda jan.-gʻarbiy Turkiston va tojikistonning jan. dagi togʻlarda yashaydi. Aksariyat kechqurunlari ov qiladi. 4—5 ta, koʻpincha 2—3 ta bola tugʻadi. Asosan, tuyoqlilar, quyonlar, sugʻurlar va b. ni ovlaydi. Soni keskin kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.