QONTALASH

QONTALASH — yumshoq toʻqimalarga qon quyilishi. Shikastlangandan bir necha soat (baʼzan bir necha min.) keyin gavda toʻqimalarining yuzasiga qon quyilishi bilan kechadi. Qontalash oldiniga toʻq qizil rangda boʻladi; quyilgan qondagi gemoglobinning parchalanishidan Qontalashning rangi asta-sekin oʻzgarib, qizildan koʻk rangga, soʻngra yashil, oxi-riga borib sariq rangga oʻtadi va keyinchalik Qontalash butunlay soʻrilib ketadi. Qontalashning rangiga qarab lat yeyish qachon sodir boʻlganini aniqlash mumkin. Ogʻriq qoldiruvchi vositalar, Qontalashning soʻrilib ketishi uchun boshida sovuq, keyinchalik issiq qilinadi.

Chuqur toʻqimalarga qon quyilganda shikastlangandan bir necha kun keyin Qontalash yuzaga kelishi mumkin. Baʼzan Qontalash hayot uchun xavfli hisoblanadi. Mas, bosh shikastlanib, koʻz qovoqlarida Qontalash («koʻzoynak» koʻrinishida) paydo boʻlishi kalla suyagi singanligidan dalo-lat beradi (q. Kalla suyagi). Bunda dar-hol vrachga murojaat qilish kerak.

Qon yoki qon tomirlari kasalliklarida, yengil lat yeganda ham Qontalash paydo boʻladi.