QOMUS ul-AʼLOM

«QOMUS ul-AʼLOM» (arab. — «Mashhur shaxslar qomusi») — 1888—99 y. larda Istanbulda turk tilida nashr etilgan 6 jilddan iborat universal ensiklopediya. Muharriri va noshiri – Sh. Somiy (1850—1904). «Qomus ul-aʼlom ul.-a.»da oʻsha davrdagi turli mamlakatlarning mashhur xalifa, amir, vazir, hokim, olim, yozuvchi, shoirlari va b. haqida maqolalar berilgan. Shuningdek, turli mamlakat. dengiz, togʻ va daryolar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar, Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi va mashhur shaxslar, jumladan, Abu Bakr xorazmiy, Jaloliddin Rumiy, Zebunniso va b. toʻgʻrisida batafsil maqolalar berilgan.