QOLDIQORAYEV

QOLDIQORAYEV Jumagʻali (1922, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani — 1944.26.1, Gomel viloyati Mozir sh. da dafn etilgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi. K-zda ishlagan. 1941-y. dan frontda. 7-gvardiyachi tankxa qarshi qiruvchi diviziya (Markaziy front 61-armiyaning 7-gvardiyachi otliq askarlar korpusi)ning oddiy askari. Gomel viloyatining Komarin sh. dan 20 km shim. da daryoni kechib oʻtishda va jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944. 15.1). Xoʻjayli sh. dagi va oʻzi oʻqigan maktab uning nomi bilan atalgan.