QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI MILLIY FANLAR AKADEMIYASI

QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI MILLIY FANLAR AKADEMIYASI — Qozogʻistonning oliy ilmiy muassasasi. 1946-y. 31-mayda SSSR FAning Qozogʻiston filiali negizida tashkil etilgan. Olmaota sh. da joylashgan. Faoliyatining asosiy yoʻnalishlari i. t,larni amalga oshirish va muvofiqlashtirish, fanning muhim tarmoqlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va fan tarmoqlari taraqqiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va b. dan iborat. 56 akad., 143 muxbir aʼzosi bor (2003). Fan tarmoqlari boʻyicha 6 boʻlim (jum-ladan, 1 mintaqaviy) va 300 dan ortiq i. t. institut va muassasasi, botanika bogʻi, kutubxonasi (4 mln. dan ortiq asar) bor. Akademiya «Xabarlar» (1944-y. dan) va b. ilmiy jur. hamda asarlar nashr etadi. Prezidenti — Murat Jurinov (2003-y. dan).