QOZOQ MILLIY UNIVERSITETI

QOZOQ MILLIY UNIVERSITETI, Forobiy nomidagi qozoq milliy universiteti — Qozogʻistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1934-y. tashkil etilgan (1993-y. gacha Qozoq davlat unti). Olmaota sh. da joylashgan. 1991-y. Forobiy nomi berilgan. Un-tda 14 f-t (biol., fizika, mexanika-mat., kimyo, jurnalistika, filol., tarix, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiyot va biznes, huquq, sharqshunoslik, xalqaro munosabatlar, geogr., tayyorlov), 104 kafedra, 7 i. t. instituti, aspirantura, talabalar saroyi, sport inshooti, nashriyot, teleradiostudiya bor (2005). 70 ixtisoslik boʻyicha d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan 30 ga yaqin ilmiy kengash faoliyat yuritadi. Un-tda 12 mingga yaqin talabi taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan, 300 ga yaqin fan d-ri va prof., 800 dan ziyod fan nomzodi va dotsent ishlaydi. Gaz. nashr etadi.