QOZONLIQ SOYLIGI

QOZONLIQ SOYLIGI — Bolgariyadagi tektonik soylik, Stara-Planina va Srednagora togʻ tizmalari oraligʻida. Uz. 100 km chamasida, oʻrtacha kengligi 10 km, bal. 350 m gacha. Mayd. 780 km2. Q. s. ni Tunja daryosi kesib oʻtadi. Relyefi tubida tekis, sharqi sertepa. Iqlimi moʻtadil iliq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0° dan —2° gacha, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600 mm. Atirgul plantatsiyalari, bogʻlar, tokzorlar bor.