QOZONKETKAN

QOZONKETKAN — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi shaharcha (1992-y. dan). Yaqin t. y. stansiyasi — Qushtungil (60 km). Qozonketkandan Nukustacha 100 km. Aholisi 4,2 ming kishi (2005). Gʻisht z-di, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, xususiy korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kolleji, bolalar musiqa maktabi, madaniyat saroyi, tuman markaziy kutubxonasi, tuman markaziy kasalxonasi, dorixona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Qozonketkandan Nukus sh. ga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.