QOZIXONA

QOZIXONA — qozi tomonidan sudlov ishlarini amalga oshiradigan mahkama. Shariatga koʻra, Qozixonalar masjid qoshida boʻlishi kerak boʻlsa-da, koʻpgina sudlov ishlari qozilarning uylarida, bozor kunlari esa bozorlarda koʻrilgan. Oʻrta Osiyo hududidagi xonliklarning har bir dahasida Qozixona boʻlgan. 1917-y. dan keyin Qozixonalar xalq sudlari nazoratida ishlagan. Oʻzbekistonda 1925-y. da 87 ta, 1926-y. da 27 ta, 1927-y. da 8 ta q. boʻlgan. 1928-y. da Qozixonaga ehtiyoj qolmagan. Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham Qozixonalar faoliyat koʻrsatadi.