QOJARLAR

QOJARLAR — 1) Shim. Erondagi xalq. Qizilbosh qabilalardan birining avlodlari. 30 ming kishi (1987). Turkiy tillarga mansub tilda soʻzlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar, bir qismi — sunniy musulmonlar;

2) Eron shohlari sulolasi (1796—1925). Sulola asoschisi — Ogʻa Muhammadxon Qojar. Eron parlamenti — majlis qarori bilan sulola tugatilgan.