QODIROVA Toʻlqinoy Foziljonovna

QODIROVA Toʻlqinoy Foziljonovna (1935.27.7, Toshkent) — meʼmor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan arxitektor (1976), prof. (1996). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1959). Sanʼatshunoslik in-tida kichik, katta ilmiy xodim (1959—80), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi raisi (1980 — 92). 1993-98 y. lar «Kamalak—TV» Amerika—Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi bosh direktor oʻrinbosari, 1996-y. dan Toshkent arxitektura va qurilish in-ti meʼmoriy muhitlar dizayni kafedrasi prof. ; 2005-y. dan meʼmorlik tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri. q. faoliyati shaharsozlik, meʼmorlik tarixi va nazariyasi, zamonaviy meʼmorlikda xalq anʼanalaridan unumli foydalanish masalalariga bagʻishlangan. Qodirova shuningdek, bir qancha turar joy, meʼmoriy binolar va shaharsozlik majmualari loyihalari muallifi, Toshkent, Namangan, Qoʻqon, Buxoro kabi shaharlar markazlari uchun oʻtkazilgan tanlovlar gʻolibi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1988). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1984—85, 1985-90, 1990-95).

As: Arxitektor i vremya, T., 1982; Oʻzbekistonning istiqlol yillari meʼmorligi, T., 2004.