QODIROV

QODIROV Erkin (1932.28.12, Toshkent) — sitolog, gistolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), biol. fanlari d-ri (1982), prof. 0984), ToshTIni tugatgach (1961), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻlka tibbiyot i. t. instituti ordinatori (1961—62), as-piranti (1963—66), katta ilmiy xodim (1968), Toshkent unti biologiya-tuproqshunoslik f-tida katta oʻqituvchi (1968-79), dotsent (1979), kafedra mudiri (1983-y. dan). Ilmiy ishlari koʻlboryuton zahari turli dozalarining kalamushlar ichki sekretsiya bezlari: gipofiz, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari hujayralari morfologik tuzilishi va vazifalariga taʼsirida roʻy beradigan morfofunksional oʻzgarishlarni oʻrganishga, shuningdek, ilon chaqqanida davolash maqsadida yuboriladigan «Antigyurza» zardobini zaharsizlantirish dinamikasini morfofunksional usullar yordamida yoritishga bagʻishlangan.

As: Zlokachestvennny zob, T., 1967; Umumiy gistologiyadan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanma. T., 1983; Gistologiya [Darslik], 1994; Odam anatomiyasi [Darslik], T., 2003.