QODIROV

QODIROV Ochil (1910 – Samarqand viloyati Qoʻshrabod tumani Sebiston qishlogʻi — 1945) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1941-y. dan frontda. 1348-oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 48-armiyaning 399-oʻqchi diviziyasi) pulemyotchisi. Polshaning Rujan sh. yaqinidagi jangda jasorat koʻrsatgan va shunda ogʻir yaralangan. Armiya safidan boʻshatilgan. Vafotidan soʻng Qahra. mon unvoni berilgan (1945.24.3). Oʻzi tugʻilgan jamoa xoʻjaligida byusti oʻrnatilgan va oʻrta maktabga nomi berilgan.