QODIROV

QODIROV Ahmadjon (1936.23.2, Amudaryo tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDU ni tugatgan (1960). 1960-y. dan hoz. Yangibozor, Amudaryo tumanlaridagi maktablarda, 1964-y. dan Urganch sh. dagi 5-, 1990-y. dan 21-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. «Maʼrifatparvar xon», «Abulgʻozi Bahodirxon shajarasi» risolalari muallifi.