PRASAD

PRASAD Rajendra (1884.3.12, Zera-dei, Bixar — 1963.28.2, Patna) — Hindiston siyosiy va davlat arbobi. Kalkutta un-tida oʻqigan. 1911 — 16 y. larda Kalkutta, 1916—20 y. larda Patna Oliy sudida advokat, 1911-y. dan Hindiston Milliy kongressi (HMK) aʼzosi, raisi (1934, 1939 va 1947 — 48). 1950-y. dan Hindiston respublikasi muvaqqat prezidenti. 1952—62 y. larda Hindiston prezidenti.