PABLISTI

PABLISTI (ing. publicity — oshkoralik, ochiqlik) — 1) dong chiqarish, firma, korxonaning mashhurligi;

2) firmalar, tovarlar, xizmatlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali beriladigan axborotlar, ularning taqdimoti. Oʻzbekistonda 1990-y. larning boshlaridan buyon yirik korxonalar, i. ch. firmalari tomonidan amalga oshirib kelinadi (q. Reklama).