PAVEL I

PAVEL I [1754.20.9(1.10) – Peterburg — 1801.12. (24).3] — Rossiya imperatori (1796-y. dan), Pyotr 111 va Yekaterina II ning oʻgʻli. Rossiyada harbiypolitsiyachilik rejimini, armiyada pruss tartiblarini joriy qilgan; dvoryanlar imtiyozlarini cheklagan, oʻzboshimcha siyosat yurgizgan. Dastlab inqilobiy Fransiyaga qarshi chiqqan, lekin, 1800-y. Napoleon I bilan ittifoq tuzgan. Gvardiyachi zobitlar fitnasi natija-sida oʻldirilgan.