PAVIANLAR

PAVIANLAR (Papio) — martishkalar kenja oilasiga mansub tor burunli maymunlar urugʻi. Tanasining uz. 75 — 80 sm, dumi 50—60 sm, ogʻirligi 25 kg dan ortiq. Juni uzun, baʼzan yol hosil qiladi. Quymich qadogʻi katta, qizil. Z — 5 yoshda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 170 kun, odatda, bitta bola tugʻadi. Afrika, Arabiston va Sulavesi orolida uchraydi. Qoyalarda poda boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning ildiz mevalari, piyozlari, hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar va b. bilan oziqlanadi. 5 turi (gamadril, babuin va b.) bor. Yerda hayot kechiradi.