POTENSIALOSKOP

POTENSIALOSKOP (potensial va yun. skopeo — koʻraman, kuzataman) — elektr signallar tarzidagi axborotni yozib olish, saklash va lyuminessent ekranda namoyish qilish uchun moʻljallangan elektron-nurli asbob. Yozib olingan axborot (matn, rasm, chizma va b.) elektr signallari tarzida Potensialoskopning kirish elektrodiga beriladi. Elektr signali yozib oluvchi elektron nurni modulyatsiyalaydi (oʻzgartiradi). Shu elektron nur nishonda siljib, uning dielektrik sirtidagi ikkilamchi elektronlarni urib chikaradi va unda oʻzgaruvchan potensial hosil q. iladi. Nishonda hosil boʻlgan potensial relf elektronlar dastasini modulyatsiyalaydi. Ana shu elektronlar dastasi ekranda tasvir hosil qiladi. Shuning uchun Potensialoskop koʻrinadigan tasvirli asbob deb ataladi. Potensialoskop ossillograflar, radiolokatsion indikatorlar, EHM ning informatsiyani chiqarish qurilmalarida bir galli va kam takrorlanadigan signallarni kuzatish uchun ham qoʻllanadi.