POTENSIAL

POTENSIAL (fizikada) – fizik kuch maydoni (tortishish maydoni, elektr maydoni va sh. k.)ni va umuman, vektorlar orqali ifodalanadigan fizik kattaliklar maydonlarini xarak-terlaydigan mikdor. Jismning massa birligi (yoki zaryad birligi)ni kuch may-donining biror nuqtasidan boshqa nuq-tasiga koʻchirganda maydonning bajargan ishiga teng. Ad.: Gyunter N. M., Teoriya potensiala i yeyo primeneniye k osnovnыm zadacham matematicheskoy fiziki, M., 1953; Landau L. D., Lifshis Ye. M., Teoreticheskaya fizika, t. 2, Teoriya polya, M., 1973.