PORFIRIT

PORFIRIT — tarkibida kvars boʻlmagan effuziv paleotip togʻ jin-si; andezitta oʻxshash. Porfiritda 60—65% SiO2 boʻladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, baʼzan piroksenning yirik kristallari uch-raydi. Tarkibiga qarab bazaltli, plagioklazli, piroksenli va b. turlarga boʻlinadi. Burmali va platformali oblastlardagi turli geologik yoshdagi yotqiziqlar orasida keng tarkalgan.