POPOKATEPETL

POPOKATEPETL — Meksikaning jan. qismidagi soʻnmagan vulkan, Koʻndalang Vulkanli Syerra toglari-da. Bazalt va andezitlardan tuzilgan, bal. 5452 m. Doim tutun burqirab turadi. 16—17-a. larda tez-tez otilib turgan. Yon bagʻirlari 3800 m gacha dub va qaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Choʻqqilarida doimiy qor va muzliklar bor. Milliy bogʻ tarkibida.