POOPO

POOPO — Markaziy And togʻlaridagi koʻl, Boliviyada, 3690 m balandlikda. Mayd. 2500—3000 km2, eng chukur joyi 3 m (mavsumga qarab koʻl maydoni va chuqurligi oʻzgarib turadi). Poopo qad., nis-batan keng suv havzasi qoldigʻi. Suvi shoʻr. Poopoga Titikaka koʻlidan oqib chi-quvchi Desaguadero daryosi quyiladi.