PONTON

PONTON (lot. pons — koʻprik) — sodda shakldagi, tagi yassi, palubali yoki palubasiz kema; kran prichali, koʻprik tayanchi va b. uchun suzuvchi asos boʻlib xizmat qiladi; P. larni bir-biriga ulab, koʻprik-lentalar, suzuvchi asos yoki paromlar quriladi. Pontondan muhandislik qoʻshinlarida daryoni kechib oʻtish vositasi sifatida, koʻpriklarni sozlashda, choʻkib ketgan kemalarni koʻtarishda, suvga chuqur botib suzuvchi kemalarni sayoz joylardan oʻtka-zishda ham foydalaniladi. Pontonlar metall, temir-beton va damlangan re-zinali materiallardan yasaladi. Ponton lardan qurilgan koʻprik, asosan, kechuv paytida vaqtincha ishlatiladi. Baʼzi hollarda doimiy P.-koʻpriklar ham qurilishi mumkin. Ular 80 t gacha yuk koʻtara oladi (q. Ponton koʻprik).