PONT PODSHOLIGI

PONT PODSHOLIGI (Pont) – Kichik Osiyodagi ellinistik davlat (mil. av. 302/301 — 64). Qora dengizning Jan. sohilida joylashgan. 2-a. oxirida, Mitridat VI davrida ayniqsa ravnaq topgan. U Bospor podsholigi va b. hududlarni bosib olgan. Mitridatning Rim bilan qilgan 3 urushi (89—84; 83—81; 74—64) Pont podsholigini Rimga tobe etilishiga va saltanat hududini 64-y. Rim davla-ti tarkibiga qoʻshib yuborilishiga olib kelgan.