POLIPROPILEN TOLALAR

POLIPROPILEN TOLALAR — polipropilen eritmasidan tayyorlanadigan sintetik tolalar. Polipropilen tolalarning elastikligi, egilishga mustahkamligi poliamid tolalarnikidan yuqori, ammo yemirilishga chidamliligi pastroq. Polipropilen tolalar kislotalar, ishkrrlar, organik erituvchilar taʼsiriga barqaror, issiqlik va elektrizolyatsion xossalari yaxshi. Issiqqa va yorugʻlik nuriga nisbatan chidamsiz. Polipropilen tolalardan choʻkmaydigan arqonlar, toʻrlar, filtrlovchi va tiqma materiallar, brezentlar, gilamlar va b. tayyorlanadi.