POLIPLAR

POLIPLAR — surunkali yalligʻlanish natijasida shilliq pardaning maʼlum qismida paydo boʻladigan soʻrgʻichsimon oʻsiklar. Burun, ichak, meʼda, bachadon va tananing boshqa boʻshliqdaridagi shilliq pardaning gipertrofiyalanishi oqibatida vujudga keladi. Kelib chiqishiga koʻra, qon P. i (bachadonda qolib ketgan yoʻldosh parchasi atrofidagi qon individlaridan hosil boʻla-di), yoʻldosh Poliplari (bachadonda qolib ketgan yoʻldosh parchasidan oʻsib chiqa-di), yumshoq Poliplar (shilliq pardaning mahalliy yalligʻlanish giperplaziyasi tufayli paydo boʻladi) farq qilinadi. Meʼda, ichakdagi Poliplar baʼzida ogʻriqsiz kechib, faqat shu aʼzolar biror kasallik tufayli operatsiya qilingandagina uni koʻrib qolish mumkin. Baʼzan yaraga aylanib qonaydi, ovqat hazm qilish qiyinlashib qoladi. Burundagi Poliplar nafas yoʻlini toʻsib qoʻyadi. Zaruriyat boʻlsa, operatsiya qilinadi.