POLIKLET

POLIKLET (Polykleitos) (mil. av. 5-a. 2yarmi) — yunon haykaltaroshi va sanʼat nazariyotchisi, yuksak klassikaning yetakchi namoyandalaridan. Polikletning bronzadan yasalgan «Dorifor», «Yarador Amazonka», «Diadumen» va b. haykallari nusxalaridan va qad. mualliflarning yozmalaridan maʼlum. Polikletning «Risola»sidan ayrim parchalargina saqlangan. Inson tanasi goʻzalligi va ideal mutanosibligi hamda uygʻunligini raqamli qonunda ifodalab bergan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.