POLIYEN

POLIYEN (lot. Polyaenus) (mil. 2-a.) — makedoniyalik yunon yozuvchisi. Rimda advokat va notiq sifatida shuhrat qozongan. 162-y. Parfiya bilan urush boshlanganda S«trategmalar» («Harbiy hiylalar») asarini yozib uni imperatorlar Mark Avreliy va Lutsiy Verga bagʻishlagan. Bu asar 8 kitobdan iborat boʻlib, sarkar-dalar va b. shaxslarni urush paytidagi xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi misollarni oʻz ichiga olgan. Asar yunon mifologiyasidan to rimliklar (Avgustnn ham)gacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Poliyen maʼlumotlari yunon va Rim manbalariga asoslanib yozilgan. Oʻrta Osiyo xalkdari orasida keng tarqalgan «Shiroq» afsonasi Poliyenning ushbu asari asosida vu-judga kelgan.