POKSVIRUSLAR

POKSVIRUSLAR (Poxviridae) – eng yirik DNKga ega boʻlgan viruslar. Vi-rionlari (oʻlchami 300x240x100 nm) DNK li markaz va membrana bilan oʻralgan yon tanachalardan iborat. 2 zanjirli bitta DNKga ega. Hasharotlar, qushlar, sut emizuvchilar hujayrasi si-toplazmasida koʻpayib, hujayrada DNK, RNK va oqsillar sinteziga monelik qiladi. Ayrim Poksviruslar hasharotlar orqali yuqadi. Poksviruslar odam va hayvonlarda toshmali kasalliklarni paydo qiladi. Odamlarning eng xavfli kasalliklaridan biri chin chechakning qoʻzgʻatuvchisi.