PNEVMOTORAKS

PNEVMOTORAKS (yun. pneuma — havo, nafas va thorax — koʻkrak) — plevraning visseral (ichki) va pariyetal (tashqi) varaqlari oraligʻiga havo toʻplanishi; patologik holat. Pnevmotoraks bir tomonlama yoki ikki tomonlama, toʻplangan havoning miqdoriga qarab qisman yoki toʻliq (total) boʻlishi mumkin, bunda oʻpka qisman yoki toʻliq puchayadi (kollaps holatiga keladi). Ochiq, yopiq va klapanli Pnevmotoraks ajratiladi. Agar nafas olganda havo plevra boʻshligʻiga erkin kirsa va nafas chiqarganda erkin chiqsa, ochiq Pnevmotoraks ; plevra boʻshligʻiga havo kirgan teshik berkilib qolsa va havo tashqariga chiqa olmasa, yo p i q P. de-yiladi. Nafas olganda havo plevra boʻshligʻiga kirsa-yu, nafas chiqarganda biror sabab bilan chikmasa plevra bushli-gʻida havo bosimi ortib boradi, bu klapanli yoki vintelli Pnevmotoraks deb ataladi.

Kelib chiqishiga koʻra, travmatik, operatsion, spontan va sunʼiy Pnevmotoraks farqlanadi. Travmatik Pnevmotoraks kukrak qafasi yoki oʻpka toʻqimasi shikastlanishi natijasida, operatsion Pnevmotoraks koʻkrak qafasi aʼzolarida xirurgik muolajalar oʻtkazilganda vujudga keladi. Spontan Pnevmotoraks oʻz-oʻzidan, hech bir sa-babsiz koʻkrak qafasi va oʻpka toʻqimalarida jarohatsiz plevra boʻshligʻida havo toʻplanishi b-n kechadi. Lekin har bir holda ham oʻpkada kam ifodalangan oʻzgarishlar paydo boʻlishi isbotlangan. Spontan Pnevmotoraks koʻproq20—40 yoshli erkaklarda, ayollarga nisbatan koʻproq uchraydi. Koʻpincha spontan Pnevmotoraks oʻtkir yoki oʻrtacha oʻtkir tarzda kechadi. Toʻliq sogʻlom vaktida fizik zoʻriqish taʼsirida, yoʻtal xurujidan keyin toʻsatdan koʻkrak qafasida kuchli ogʻriq, hansirash, quruq yoʻtal, yurak urishi, baʼzan sianoz paydo boʻladi. Klapanli Pnevmotoraks kasallikning eng ogir shakli boʻlib, unda nafas va yurak faoliyati buzila-di; nafas yetishmasligi, ogʻriq va sianoz roʻyrost ifodalanadi. Bemor talvasa holatiga tushadi, nafas olish tez va yuzaki boʻladi.

Pnevmotoraks diagnozi koʻkrak qafasini fizikal tekshirish, plevrani punksiya qilish va rentgenoskopiya tahlillariga koʻra aniqlanadi. Bemor, asosan, kasalxonada davolanadi. Konservativ davo naf bermasa, xirurgik usul qoʻllanadi.