PLZEN

PLZEN — Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 167 ming kishi (2000). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar i. ch., elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. P. ga 1292-y. da asos solingan. 14 — 15-a. larda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.