PLUTON

PLUTON — Quyosh sistemasiaa Quyoshdan uzokligi boʻyicha toʻqkizinchi sayyora. Pluton 14—15-yulduz kattaligidagi sariq yulduz. Uni 1930-y. amerika astronomi K. Tombou kashf etgan. Astronomik belgisi R. Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 39,4 astronomik birlikka teng (29 a. b. dan 49 a. b. gacha oʻzgarib turadi). Orbitasining ekssentrisiteti 0,253, ekliptikaga ogʻmaligi 17»8ʻ. Quyosh atrofini 247,7 yilda (oʻrtacha 4,7 km/s Pluton va uning yoʻldoshi Xaron. Koʻrinishdan suv muzi bilan qoplangan tosh yadrolardan iborat tezlik b-n) toʻla bir marta aylanib chiqadi. Pluton 1979-y. dan 20-a. oxirigacha Neptunga nisbatan Quyoshga yaqin boʻlgan. Yerdan ancha uzoq boʻlgani uchun uning tabiatini oʻrganish qiyin. Tabiiy tu-zilishi katta sayyoralar — Yupiter, Neptun va >/>yaknikidan keskin farq kiladi. Pluton diametri taxm. 3000 km, massasi 1,791022 kg, zichligi 2100 kg/m3. P. ning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 6,3 sutka. 1978-y. da amerikalik astronom Jeyms Kristi P. ning yoʻldoshi Xaronni kashf etdi (q. Sayyoralar).