PLATFORMA

PLATFORMA — Yer poʻstining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinallarning aksi xisoblanuvchi konti-nentning asosiy struktura elementi. Maydoni bir necha mln. km2 ga yetadi. Platforma tuzilishi 2 qavatdan iborat. Pastki kavat magmatik, metamorfik va vulkan jinslaridan tarkib topgan. Yuqori qavat choʻkindi, baʼzan vulkan jinslaridan tuzilgan. Qalinligi 3—7 km dan 9 km gacha, ayrim joylarda undan ham ortiq. Bir oz qiya holda yotgan qoplama jinslar turli tartibdagi kichik strukturalar bilan murakkablashgan. Platforma larda jadal burmalanishlar quyidagi joylarda yuzaga keladi: tuzli yotqizikdardan tarkib topgan egilmalarda; yondosh burmalangan oblastlarning chekka qismida; avlakogenlarda (yoriqlar bilan chegaralangan va grabensimon shakldagi Platformaning chiziqli egilmasi); poydevorning katta amplitudali yoriqlarga tutashgan qismlarida.

Qad. va yosh Platformalar farq qilinadi. Qad. Platformaning poydevori paleozoygacha hosil boʻlgan qatlamlarning burmalanishidan yuzaga kelgan. Baʼzan Platforma krplama-sini poydevordan oraliq jinslar majmui ajratib turadi. Platformada magmatik jarayonlar ham kuzatiladi, lekin ular geosinklinallardagiga nisbatan bir-muncha sust. Magmatizm jinslari ish-qorbazaltli magmadan iborat. Platforma larda sodir boʻladigan seysmik harakatlar ancha sust boʻladi, lekin yirik yoriqlarga tutashgan joylarida va qoʻshni geosinklinal oblastlar yaqinida kuchli boʻlishi mumkin. Platforma larda geotermik gradiyent geosinklinallardagiga nisbatan 2—4-marta kam. Yosh P. larda bu koʻrsatkich qadimiylariga nisbatan yuqori. Platformalar chegarasi, odatda, poydevorning burmalangan strukturalari yoʻnalishiga moye kelmasdan, balki qoʻshni geosinklinallarning choʻziklik chegarasi bilan ustmaust tushadi. Platformalar chegarasi keskin yoki juda yoyiq boʻlishi mumkin. Platforma larning yirik struktu-rasi sifatida qalqonlar va plitalar ajratiladi. Plitalarda neft va gazning yirik zaxiralari uchraydi. Yuqorida qayd qilingan barcha belgilar Yer poʻstining 30—60 km qalinlikdagi kontinental Platforma lariga xosdir. Bulardan tashqari, okean P. lari ham mavjud. Ularga tekis relyefli okean tublari misol boʻla oladi. Yer pusti qalinligi bu joyda 5—7 km dan oshmaydi, granitli qatlamlar uchramay-di, choʻkindi qatlamlar kam boʻlganligidan anʼanaviy fikrga asosan neft va gazlarga istiqbolsiz hisoblanadi. Qad. Platforma larga: Shim. Amerika va Jan. Amerika, Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Afrika, Avstraliya P. lari, yosh Platforma larga Gʻarbiy Yevropa, Turon-Skif, Gʻarbiy Sibir P. lari mansub.