PLATINA

PLATINA (lot. platinum) , tugʻma platina — platinali minerallar guruhi, metallar (asosan, temir)ning platina b-n tabiiy qattiq qorishma-si. Platina dastlab 1803-y. datopilgan (nomi ispancha piatinas—kumush). Bu guruh mi-nerallarning asosiylari: poliksen, palladiyli Platina, ferroplatina (tugʻma qotishma), sperrilit, kuperit, breggit. Platina kumush kabi oq, yaltiroq, bolgʻalanuvchan, choʻziluvchan metall. Tugʻma Platina strukturasida platina erituvchi me-talldir. Platina minerallarining tarkibi: tugʻma Platina (80%dan ortiq Pt), temirli Platina (20—50% Gʻye), izoferroplatina (Pt3Fe), tetraferroplatina (PtFe), iridiyli Platina (10,4—37,5% Ir), palladiyli Platina (19,4-40,0% Pd), palladiyli stannoplatina (16—23% Sn, 17,2 — 20,9% Pd). Minerallar, asosan, kub singoniyada kristallanadi. Temirli qorishmalar koʻpincha magnit xossaga ega. Kdgtikligi 3,5 dan (mis va nikel tarkibli minerallar) 5,5 gacha (iridiyli minerallar). Zichligi 13100 — 21500 kg/m3. Barcha minerallar yaxshi elektr oʻtkazgich, donacha va kristallarining kattaligi bir necha mm gacha, ayrim hollarda oʻnlab sm gacha, ogʻirligi 1—5 g dan bir necha kg gacha. Eng katta tugʻma P. Rossiyaning Ural togʻlaridagi dunitlarda (427,5 g) va allyu-vial sochmalarda (9635 g) topilgan. Platina korroziya va yuqori t-raga chidamliligi, bosim bilan ishlov berish osonligi tufayli texnikaning turli sohasi (elektr – va radiotexnika) da qoʻllaniladi; neftdan yuqori sifatli yoqilgʻi i. ch. da katalizator sifatida ishlatiladi, shisha va kvars tolalar i. ch. uchun Platinaning rodiyli krtishmasidan maxsus asboblar, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. (yana q. Platina rudalari).