PLANYOR SPORTI

PLANYOR SPORTI — aviatsiya sporta turi. Llonflarda uchburchakli marshu-rut boʻylab tez uchish, moʻljalga yetib borib, yana start berilgan joyga qay-tish, uzoqqa uchib, marshrutning oxirgi nuqtasiga qoʻnish va b. P. s. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya) va AQSHda paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 20a. 30-y. larining boshlarida vujudga keldi. Oʻshanda Toshkent sh. da yagona planyor maktabi bor edi. 1935-y. ga kelib 5 shahar (Toshkent, Samarqand, An-dijon, Fargʻona va Margʻilon) hamda 5 s-z da Planyor sporti bilan shugʻullana boshla-dilar. Oʻtgan davr mobaynida 420 pla-nyorchi tayyorlandi, 8 ta planyorda 5081 parvoz amalga oshirildi. Xalqaro planyor komissiyasi — CIW (1950-y. tashkil topgan)ga 60 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1948-y. dan jahon chempionata oʻtkaziladi. Planyor sporti 1936-y. gi olimpiada oʻyinlarining namunaviy musobaqalariga kiritilgan.