PLAGIOKLAZLAR

PLAGIOKLAZLAR (yun. plagios — kiyshik va klasis — sinish, yorilish) — karkasli alyumosilikatlar — dala shpapglari guruhiga mansub keng tarqalgan jins hosil qiluvchi minerallar. Kimyoviy tarkibi boʻyicha uzluksiz izomorf qatordan iborat (q. Izomorfizm) (100-n) Na[AlSi3O8] nCa[Al2Si2O8] (bunda p 0 dan 100 gacha oʻzgarishi mumkin); baʼzan BaO, SrO, FeO, Gʻye2O3 va b. aralashgan boʻladi. Magmatik jinslar sistematikasida Plagioklazlarning tarkibi muhim ahamiyatga ega. Plagioklazlar katorining chek-ka aʼzolari albit va anortitnchnt 0% dan 100% gacha har xil mutanosiblikda qoʻshilishidan 100 xil Plagioklazlar hosil boʻlishi mumkin. Plagioklazlar triklin sistemada kristallanadi, turli kattalikdagi prizma yoki plastinka shaklidagi qoʻshaloq kristallar va donachalar hosil qiladi. Sodda qoʻshaloklari kam, murakkab polisintetik qoʻshaloq kri-stallari keng tarqalgan. Rangi oq, kul-rang, koʻkimtir, qizgʻish. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 6—6,5, zichligi 2620 (albit)dan 2750 (anortit) kg/m3 gacha. Plagioklazlarning asosiy massasi magmaning kristallanishidan hosil boʻladi; ular, shuningdek, kontakt-metamorfik hosilalar (skarnlar, rogovik va b.)da, yana gidrotermal tomirlar (albit)da uchraydi. Nurash jarayonida Plagioklazlar osonlik bilan gidroslyudalar, gilli minerallar va b. ga aylanadi. Plagioklazlarning baʼzan optik ef-fektlariga qarab koʻkimtir tovlanuvchi hidli oytosh, tarkibida temir yal-tirogʻining mayda tangachalari boʻlganligidan oltindek tovlanib turadigan xili avantyurin, yashil va koʻk tovlanadigan xili Labrador deb ataladi. Koʻkim-tir, chiroyli tovlanib turadigan xili bezak tosh sifatida ishlatiladi.