PISAREV Dmitriy Ivanovich [1840.2(14).10, hoz. Lipesk viloyati Znamenskoye qishlogʻi — 1868.4(16).7, hoz. Yurmala] — rus publitsisti va ada-biy tankidchisi. Peterburg un-tining tarix-filologiya f-tida tahsil olgan (1856—61). «Russkoye slovo» («Rus soʻzi») jur. da peshqadam tanqidchi si-fatida faollik koʻrsatgan. Shu davrda Pisarevning dunyoqarashida keskin oʻzgarish sodir boʻlib, u oʻtkir soʻz yordami bilan rus jamiyatining chirib borayotgan asoslarini larzaga keltirishni oʻz ol-diga maqsad qilib qoʻygan. Chor hoki-miyatini agʻdarishga daʼvat etuvchi pam-fleti uchun 1862-y. da qamoqqa olingan. Pisarev 1866-y. avf etilgach, N. A. Nekrasovning «Otechestvennыye zapiski» («Va-tan yozishmalari») jur. bilan hamkorlik qilgan.
Pisarev adabiy faoliyat bilan qisqa vaqt shugʻullanganiga qaramay, juda koʻp falsafiy va adabiy-tanqidiy maqolalar yozishga ulgurgan. 1860-y. da Geyne ijodi b-n tanishish Pisarev estetikasining shakllanishida muhim omil boʻlgan. Shundan keyin tabiiy fanlarga ixlos qoʻygan Pisarev fanni, dastavval, tabiatshunoslik va mat. fanlarini rivojlan-tirmay turib, jamiyatni taraqqiy et-tirish mumkin emas, degan fikrda boʻlgan. Pisarev nazarida, faqat mat. va tabi-atshunoslik fanlarigina «ochlar va yalangʻochlar»ning qornini toʻydirishi, binobarin, fan deb atalishga hakli boʻlgani uchun u, pirovardida estetikani va adabiy asarlarning estetik talqinini mantiq-siz, deb topgan. Shu nuqtayi nazarga amal qilgan P. N. G. Chernishevskiyttg «oqilona egoizm» haqidagi nazariyasini qoʻllabquvvatlaydi («Realistlar»). M. Ye. Saltыkov-Shchedrinta qarshi malomat toshlarini otish, satiraning ij-timoiy ahamiyatini inkor etish Pisarevning nafaqat estetik, balki ijtimoiy-siyosiy maʼnodagi xatosi ham boʻlgan («Beozor yumor chechaklari»). P. ning «Pushkin va Belinskiy» sin-gari eng yaxshi adabiytanqidiy maqolalari maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilganiga qaramay, bahs-munoza-rali fiqolardan xoli emas.
As: Literaturnaya kritika, t 1—3, M., 1981. Ad.: Korotkov Yu., Pisarev, M., 1976.