PIROKSENLAR

PIROKSENLAR (yun. rug — olov va xenos — begona) — zanjirli silikat lar kichik guruhiga mansub togʻ jinslarini hosil qiluvchi minerallar gu-ruxi. Kimyoviy tarkibi Me,[Si2O6], bunda Me — magniy, kalsii, temir va b. metallar kationlari. Kristallografik belgilariga qarab rombik va monoklin Piroksenlar boʻladi. Rombik Piroksenlar magniy, temir metasilikatlaridan iborat uzluksiz izomorf aralashma Mg2 [Si2O6] Fe2[Si206] qatorini hosil qiladi. Magniyli enstatit — Mg2[Si2O6] va mag-niy-temirli gipersten — (MgFe2) [Si2O6] koʻp tarqalgan. Monoklin Piroksenlarning tarkibida magniy va temirdan tashqari kalsiy ham boʻlib, bu guruhga diopsid, gedenbergit, avgit, jadeit, egirin va spodumen minerallari kiradi. Monoklin Piroksenlar asosan, skarnlarda va effuziv jinslarda uchraydi. Qattikdigi 5—6,5; zichligi 3100—3600 kg/ m3.

Rombik va monoklin Piroksenlar mono-mineralli oʻta asosli togʻ jinslari (piroksenitlar)ni tashkil qila-di, shuningdek, boshqa oʻta asosli tog jinslari (peridotitlar, gars-burgitlar va b.) tarkibiga kiradi. Monoklin Piroksenlar keng tarqalgan. Diopsid — gedenbergitlar — kontakt metasomatik skarnlarning odatdagi minerallaridir; avgitlar magma-tik togʻ jinslari (bazalt, andezit, gabbro, diorit va b.)da uchraydi; egirin — ishqoriy siyenitlarning odatdagi minerali; jadeit ayrim me-tamorfik togʻ jinslarida boʻladi; spodumen faqat litiyli pegmatitlardagina mavjud. Monoklin Piroksenlar (avgitlar) oydagi bazaltlarning asosiy minerali hisoblanidi.

Gidrotermal eritmalar taʼsirida Piroksenlar serpentin, shox aldamchisi (uralit), xlorit, epidot va b. ga oʻtadi. Sirtqi nurash jarayonida esa Piroksenlar montmorillonit va b. ga aylanadi. Spodumen — Li ajratib olinadigan qimmatli ruda, uning tiniq, shaffof turlari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi; jadeit — yasama tosh.