PIRMASTIY

PIRMASTIY Afzali (1840 – Buxoro — 1915) — shoir va tazkiranavis. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Tib va bashorat ilmini ham yaxshi bilgan. Pirmast qishlogʻida 3 yil muftiy boʻlib ishlagan. 1900-y. da saroy xizma-tiga kirib, amir Abdulahad topshiri-gʻiga koʻra, tazkira tuzish bilan shugʻullangan. «Afzal ut-tazkir fi zikr ush-shuaro val-ashʼor» («Shoirlar va sheʼr toʻgʻrisida eng afzal tazkira», 1904) tazkirasi adabiyotshunoslik tarixida «Afzal ut-tazkir» («Tazkiralarning afzali») nomi bilan mashhur boʻlib, unda 19-a. 2yarmi va 20a. boshlarida Buxoroda yashab ijod etgan 135 ijodkor haqida muhim maʼlumotlar berilgan. Tazkira oʻsha davrdagi Buxoro adabiy muhitini oʻrganishda qimmatli ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu tazkira Du-shanbada nashr etilgan (1976). «Afzay» taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan. Sadr Ziyo «Navodiri Ziyoiya» («Ziyo nodirliklari») tazkirasida Pirmastiyga yuqori baho bergan. Asar qoʻlyozmasi SanktPeter-burgdagi Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.