PIRGEOMETR

PIRGEOMETR (yun. pyr — olov, ge — Yer va… metr) — yer sirtining effektiv nurlanishi (yaʼni yer sirtining bevosita nurlanishi bilan atmosferaning roʻpara nurlanishi farqi)ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. P. galma-gal keladigan qora (gʻadir-budir) va nikellangan (yaltiroq) metall polosalardan iborat moslama (radiatsiya qabul qilgich) dan iborat (termoelektr Pirgeometr). Effektov nurlanishni oʻlchash uchun Pirgeometrning qabul qilish sirti dam-badam osmon va Yer tomonga oʻgirib turiladi. Qora va yaltiroq polosalarning nurlanishni yutish va sochish xususiyati turlicha boʻlganligi uchun t-ralar far-qi (termotok) paydo boʻladi. Termotok mikdori galvanometr bilan oʻlchanadi. Pirgeometrning mutlaq kompensatsion xili ham bor (V. A. Mixelson pirgeometri). Bunda polosalar qaramaqarshi tomonga karatib joylashtirilgan. U yer sirtining effektov nurlanishini bevosita aniklashga imkon beradi.