PIR

PIR (fors. — keksa, qari) — sufiylik anʼanasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obroʻli rahnamolar. Shuningdek, har bir murid oʻz murshidini ham Pir deb atagan. Aholi orasida «Pir» tushunchasi avliyo, maʼlum bir hunarning asoschisi maʼnosida ham ishlatiladi.