PINSK

PINSK — Belorussiyaning Brest viloyatidagi shahar, Pina daryosining Pripyatga quyiladigan joyida. T. y. stansiyasi. Dare porti. Aholisi 132,6 ming kishi (1998). Pinskda yengil (trikotaj k-ti, sunʼiy charm, zigʻir tola z-dlari), yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari z-dlari ishlab turibdi. Belorussiya melioratsiya va suv xoʻjaligi i. t. in-tining Polesye kompleks boʻlimi, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona mavjud. Shahar 1097-y. dan maʼlum. 1318-y. dan Litva va Polsha tarkibida, 1793 — 1917-y. larda Rossiya imperiyasi, 1921 — 39 y. larda Polsha tarkibida. Fran-siskan kostyoli (16-a. boshlari), But-rimovich saroyi (18-a.) bor.