PERT

PERT — Avstraliyaning jan.-gʻarbiy qismidagi shaqar. Gʻarbiy Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,3 mln. kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t). T. y. stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoati korxonalari; un-t bor. Shaharga 1829-y. da asos solingan.