PERKO

PERKO — karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik yem-xashak oʻsimligi. GFR da xitoy karami bilan kuzgi surepitsaning duragayidan chikarilgan. Oʻzbekistonga 1977-y. da keltirilgan. Ildizi oʻq ildiz, poyasi tik, uz. 90 — 120 sm gacha. Pastki barglari yirik va boʻlakboʻlak, yuqoriga qarab kich-rayib boradi. Gullari poyaning yoki novdaning yuqori qismida shingil tarzda joylashgan, sariq mevasi qoʻzoqcha, urugʻlari dumaloq, koʻkimtir va mallarang tusda.

Perkoni bahorgi va kuzgi ekin sifatida ekish mumkin. Ekish meʼyori 10—12 kg/ga, chuq. 1,5 — 2 sm. 1 — 3° da unib chiqadi, erta bahorda harorat 15° dan yuqori boʻlganda tez oʻsadi. Uni takroriy ekin sifatida yozning 2yarmida ekib, kuzda oʻrib olinsa, yaxshi qishlaydi va kelgusi yilning apr. oyida yana oqsilga boy koʻkpoya beradi. Koʻkpoya uchun gʻunchalash va gullash fazalarida oʻrib olinadi. Koʻkpoyasida 15 — 20% protein, 100 kg poyasida 11 ozuqa birligi bor. Undan sof holda va makka-joʻxori bilan birgalikda toʻyimli silos bostirish mumkin. Perko chorva mollariga yangi oʻrilgan hamda pichan holida beriladi. Gektaridan 500— 700 s koʻkpoya, 10—15 s urugʻ olinadi.