PERIOSTIT

PERIOSTIT (peri… va yun. osteon — suyak) — suyak pardasi (periost)ning yalligʻlanishi. Suyakning oʻzi, koʻmigi, Govers kanallari, suyak atrofidagi toʻqimalar yalligʻlanishi oqibatida vu-judga keladi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Suyak pardasiga jarohat orqali, qon va limfa bilan yiringlatuvchi mikroblar kirishi yoki yalligʻlanish jarayoni suyakdan bevosita suyak pardasiga utishi natijasida oʻtkir Periostit kelib chiqadi: bemorning darmoni quriydi, eti uvishadi, t-rasi 39—40° gacha koʻtariladi, boshi ogʻriydi. Periostit boʻlgan joy shishadi, qizaradi, qiziydi va teri yaltillab turadi. Jarayon zoʻrayganda, suyak pardasi ostida yiring toʻplanadi. Oʻtkir Periostit oʻz vaqtida davolanmasa, surunkali Periostit gaaylanib ketadi. Periostit osteomiyelit va suyakning boshqa kasalliklari belgisi boʻlishi ham mumkin. Periostit boʻlgan joyga issiq qilish va antibiotiklar, fizioterapiya buyuriladi.