PENKOVSKIY Lev Minayevich [1894.31. (12.2), Kremenchug – 1971.26.7, Moskva] — rus shoiri, uzbek sheʼriyatining tarjimonlaridan biri. Adabiy faoliyati 1917-y. gacha boshlangan boʻlishiga qaramay, 20-y. larning 2yarmida shoir sifatida tanila boshlagan. 30-y. lardan boshlab asosan badiiy tarjima bilan shugʻullangan. Oʻrta Osiyo xalklari ogʻzaki ijodi, mumtoz sheʼriyati obidalari va zamonavii shoirlarining koʻplab asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. P. Firdavsiyning «Shohnoma», Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin», Bedilning «Komde va Modan» dostonlari, Umar Xayyom ruboiylari, Bobur gʻazal va ruboiylari, Oybek, Xdmid Olimjon, Zulfiya va b. uzbek, gruzin, arman, eston, tatar, boshqird, chuvash, yoqut shoirlarining sheʼrlari-ni, shuningdek, oʻzbek xalqining «Al-pomish», «Orzigul», qirgʻiz xalqining «Manas», qozoq xalqining «Qiz-Ji-bek» singari epos va dostonlarini rus tiliga tarjima kilgan. U ayni paytda Gyote, Geyne, Beranje, Gyugo kabi jahon mumtoz shoirlarining asarlarini ham rus tiliga oʻgirgan. Penkovskiy qaysi tidsan tarjima qilgan boʻlsa, shu tilning lisoniy va musiqiy xususiyatlarini, u yoki bu shoirning ijodiy-individual uslu-bini oʻrganish, tarjima qilinayotgan asardagi milliy ruhni saqlashga alo-hida eʼtibor bergan. Tarjimalari «Tanlangan sheʼriy parchalar» (1956), «Asrlar va yillar osha» (1960), «Chang» (1971) toʻplamlarida nashr qilingan.
As: Skvoz veka i godы, T., 1960.