PELE

PELE (Pele) (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu; do Nascimento) (1940.21.10, Tres-Korasoyns, Minas-Jerays shtati) — braziliyalik fut-bolchi. 3 karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). 1956-74 y. larda «Santos» klubida, 1957—70 y. larda Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. «Santos» futbolchilari bilan birga Jan.

Amerika chempionlari kubogi va qitʼalararo kubok egasi (1962, 1956). 1957 — 77 y. larda 1300 ga yaqin toʻp (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. «Futbol qiroli» nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga ba-gʻishlab 90 dan ortiq qoʻshiq toʻqilgan. «Mening hayotim va ajoyib oʻyin» (1977) kitobining muallifi.