PEKIN UNIVERSITETI

PEKIN UNIVERSITETI — Xitoydagi qad. va eng yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1898-y. Oliy poytaxt mak-tabi sifatida tashkil etilgan. 1911-y. dan Pekin universiteti deb yuritiladi. 1920-y. larda un-tda yozuvchi Lu Sin dare bergan. 1937—45 y. lardagi milliy ozodlik urushi davrida Pekin universiteti Yunnan viloyatining Kunmin sh. ga koʻchirilgan. 1952-y. da u qayta tashkil qilinib, unga Pekindagi boshqa oliy oʻquv yurtlarining baʼzi f-tlari qoʻshilgan, un-tning bir necha f-ti mustaqil in-tlarga aylan-tirilgan. «Madaniy inqilob» deb atalgan davrda mashgʻulotlar 1970-y. gacha toʻxtatib qoʻyilgan. Keyinchalikoʻquvda-sturini qisqartirish hisobiga 3 y. lik taʼlim muddati belgilangan. Pekin universiteti mat., fizika, kimyo, biol., geol., geogr., tarix, psixologiya, falsafa, xitoy tili va adabiyoti va b. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 mln. dan ortiqasar saqlanadi. Un-tda 10 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.