PEDIPALPALAR

PEDIPALPALAR (lot. pedis — oyoq va palpas — paypaslagich) — oyoqpaypaslagichlar, xelitseralilar boshkoʻkragidagi 2-juft ogʻiz organlari. Koʻpchilik xelitseralilarda Pedipalpalarning asosiy boʻgʻi-mi (koksa)dagi chaynovchi jagʻ oʻsimtasi oziqni maydalashda ishtirok etadi; boshqa boʻgʻimlari esa yirik qisqichga (qilich dumlilar, chayonlar, soxta chayonlarda) aylangan. Pedipalpalar oyokdarga oʻxshash boʻlib, tuygʻu vazifasini bajaradi (solpuglar); uchki qismida tirnogʻi va boʻgʻimlarida piglari (pichanoʻrarlar, ayrim kanalar) boʻladi. Voyaga yetgan erkak oʻrgimchaklarda Pedipalpalar urugʻlarini olib yuradigan boʻshliqqa aylangan.